Xonobod shahrida “Ikki elning madaniyat do‘stligi” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

14 Nov, 2026 - 18:00
20
Xonobod shahrida “Ikki elning madaniyat do‘stligi” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Xonobod shahrida “Ikki elning madaniyat do‘stligi” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Xonobod shahrida “Ikki elning madaniyat do‘stligi” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Xonobod shahri

Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati madaniyat boshqarmasi  T. Tinibekov nomidagi Jalolobod viloyati filarmoniyasi ijodiy jamoasi Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Xonobod shahar 8-son bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmon san’atkorlar tomonidan Xonobod shahri aholisi hamda maktab o‘quvchi-yoshlari e’tiboriga “Ikki elning madaniyat do‘stligi” deb nomlangan maxsus konsert dasturi havola etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar va jozibali chiqishlarga boy bo‘lgan dastur barcha tomoshabinlarga manzur bo‘lib, yig‘ilganlarga yuksak bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida ikki qardosh xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalar va ijodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus uchun har ikki muassasa jamoasi bir-biriga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, kechada faol ishtirok etgan Xonobod shahar 8-son bolalar musiqa va san’at maktabining zarbli cholg‘ular sinfi o‘quvchisi Rustamjonov Azizbek hamda “Shalola” raqs dastasi o‘quvchilariga Jalolobod viloyati filarmoniyasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 55 502 33 77(3204)
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash