O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati TURKSOYning maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi

27 Jun, 2026 - 18:00
36
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati TURKSOYning maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati TURKSOYning maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmatiga yuksak e’tirof bildirildi.

Xususan, madaniyat va san’at sohasidagi muhim tadbirlarni keng yoritish, milliy madaniy merosni targ‘ib qilish, xalqaro anjumanlar jarayonlarini axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda turkiy dunyo madaniy aloqalarini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati TURKSOYning maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur mukofot Matbuot xizmatining sohada olib borayotgan samarali faoliyati, tezkor va sifatli axborot tarqatish borasidagi mehnati hamda madaniy diplomatiyani rivojlantirishdagi hissasiga berilgan yuksak baho bo‘ldi.

Ushbu mukofot O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati nomidan qabul qilingan bo‘lsa-da, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan barcha matbuot xizmatlari va matbuot kotiblarining fidokorona mehnati, professionalligi hamda mamlakatimiz madaniy hayotini keng va tezkor yoritish borasidagi sa’y-harakatlariga berilgan yuksak e’tirofdir.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati va tizim tashkilotlaridagi Matbuot xizmatlari jamoasi ushbu e’tirofni mamnuniyat bilan qabul qilib, kelgusida ham yurtimiz madaniy hayotini keng yoritish, milliy san’at va qadriyatlarni xalqaro maydonda targ‘ib etish yo‘lida faoliyatini davom ettiradi.

Manba

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 55 502 33 77(3204)
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash