Andijon viloyatidagi 22 ta “Xalq havaskorlik jamoasi” ijodiy sinov (attestatsiya)dan o‘tkazildi

12 Nov, 2026 - 18:00
17
Andijon viloyatidagi 22 ta “Xalq havaskorlik jamoasi” ijodiy sinov (attestatsiya)dan o‘tkazildi

Andijon viloyatidagi 22 ta “Xalq havaskorlik jamoasi” ijodiy sinov (attestatsiya)dan o‘tkazildi

Andijon viloyatidagi 22 ta “Xalq havaskorlik jamoasi” ijodiy sinov (attestatsiya)dan o‘tkazildi

2026-yil 12-noyabr | Andijon shahri

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi tomonidan respublikamiz hududlarida faoliyat yuritayotgan “Xalq havaskorlik jamoalari” hamda “Bolalar namunali jamoalari”ning ijodiy sinovlari (attestatsiyasi) o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 12-noyabr kuni Andijon shahrida viloyatdagi badiiy havaskorlik jamoalarining navbatdagi ijodiy sinov attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunda Andijon viloyatining shahar va tuman madaniyat bo‘limlari huzurida “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoniga ega jami 22 ta ijodiy jamoa samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur sinov jarayonlarida ushbu jamoalarning barchasi o‘zlarining maxsus dasturlari bilan ishtirok etdilar.

Attestatsiya davomida Respublika komissiyasi a’zolari tomonidan har bir jamoaning so‘nggi uch yil davomidagi ijodiy va tashkiliy faoliyati, repertuar boyligi va yangilanib borishi, ishtirokchilarning ijro mahorati, sahna madaniyati hamda badiiy saviyasi belgilangan mezonlar asosida atroflicha baholandi.

Shuningdek, ko‘rik jarayonida jamoalarning milliy qadriyatlarimiz va nomoddiy madaniy merosimizni targ‘ib etishdagi o‘rni, hududlarda aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifati hamda yosh iste’dodlarni jalb etish ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratilib, mutaxassislar tomonidan kelgusidagi faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli metodik tavsiyalar berildi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 55 502 33 77(3204)
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash