Andijon — turkiy xalqlar madaniyati, san’ati va ijodiy hamkorligi markaziga aylandi.
19 Oct, 2026 - 18:00
60
Andijon — turkiy xalqlar madaniyati, san’ati va ijodiy hamkorligi markaziga aylandi.
Andijon — turkiy xalqlar madaniyati, san’ati va ijodiy hamkorligi markaziga aylandi.
Xabaringiz bor, Andijon şahrida IV TURKSOY xalqaro teatr festivali, TURKSOY teatr rahbarlarining uçraşuvlari, V Turkiy dunyo muzeylari uçraşuvi hamda TURKSOY muzeylar uyuşmasining V davriy yiğilişini ötkaziş belgilangan.
Xalqaro festival doirasida XII TURKSOY teatr rahbarlarining yiğilişi bölib ötdi. Unda Qozoğiston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Qirğiziston davlatlarining teatr san’ati sohasi vakillari iştirok etdi.
Mazkur nufuzli anjuman turkiy xalqlarning boy madaniy merosi va sahna san’ati an’analarini özaro uyğunlaştiriş, ijodiy aloqalarni mustahkamlaş hamda teatr san’atining istiqbollarini belgilaş yölidagi muhim muloqot maydoniga aylandi.
Yiğiliş davomida teatrlar örtasida tajriba almaşiş, zamonaviy sahna ijodining dolzarb masalalari, tomoşabin qalbiga yöl topadigan, jamiyatni öylaşga va muşohada qilişga undaydigan asarlarni yaratiş borasidagi fikr-mulohazalar örtaga taşlandi. Şuningdek, sohadagi mavjud muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan amaliy takliflar ilgari surildi.
Zero, teatr — xalqlar qalbini birlaştiruvçi, ma’naviyatni yuksaltiruvçi va millatlar örtasidagi döstlikni mustahkamlovçi bebaho san’atdir.
Andijonda ötayotgan mazkur xalqaro uçraşuv ham turkiy xalqlar örtasidagi madaniy hamjihatlikni yanada mustahkamlaş, teatr san’atini yangi ijodiy ğoyalar va hamkorlik taşabbuslari bilan boyitişga xizmat qiladi.