Rasmiy munosabat
25 Jul, 2026 - 12:00
32
Ijtimoiy tarmoqlarda Jalaquduq tumani madaniyat xodimlari ishtirokida tarqalgan video yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda, "Yangi Andijon" majmuasidagi tadbir davomida Jalaquduq tumani madaniyat bo‘limi xodimlari o‘rtasidagi holat aks etgan qisqa video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi tomonidan mazkur holat o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, videoda aks etgan jarayonda hech qanday jiddiy ziddiyat yuz bermagani, bu xodimlar o‘rtasidagi ish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan o'zaro kichik tortishuv ekanligi aniqlandi. Vaziyat jiddiy tus olmagan va tushunmovchilik shu joyning o‘zida hal etilgan. Boshqa mutasaddi tashkilotlar aralashuvini talab etadigan qonunbuzilish holatlari mavjud emas.
Ijtimoiy tarmoq faollari hamda jamoatchilikdan xodimlar o'rtasidagi ushbu kichik tushunmovchilikni bo‘rttirib, turli xil asossiz talqin qilmasliklarini so‘raymiz.
Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati