IZBOSKAN TUMANIDA YOSHLARNI GIYOHVANDLIK ILLATIDAN ASRASHGA QARATILGAN KO‘RGAZMALI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

21 May, 2026 - 18:00
33
IZBOSKAN TUMANIDA YOSHLARNI GIYOHVANDLIK ILLATIDAN ASRASHGA QARATILGAN KO‘RGAZMALI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

IZBOSKAN TUMANIDA YOSHLARNI GIYOHVANDLIK ILLATIDAN ASRASHGA QARATILGAN KO‘RGAZMALI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

IZBOSKAN TUMANIDA YOSHLARNI GIYOHVANDLIK ILLATIDAN ASRASHGA QARATILGAN KO‘RGAZMALI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligini va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, kelajak avlodni zararli odatlardan asrash maqsadida joylarda tizimli targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish hamda bu borada huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan maxsus ijtimoiy video roliklar tayyorlangan. Ushbu roliklar asosida hududlarda aholi, xususan, uyushmagan yoshlar va o‘quvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida Izboskan tumani madaniyat bo‘limi tomonidan har haftada an'anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan "Payshanba – yoshlar kuni" tadbirlar dasturiga giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusi alohida kiritildi.

Tadbir doirasida tumandagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Dastur davomida yoshlarga giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyatga yetkazadigan mudhish oqibatlari, narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan ta'sirchan ijtimoiy video rolik katta monitor orqali namoyish etildi.

Ushbu ko‘rgazmali targ‘ibot tadbiri o‘quvchilarda “Asr vabosi” hisoblangan giyohvandlik illatiga nisbatan murosasiz munosabatni va immunitetni shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda millat genofondini toza saqlash yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 55 502 33 77(3204)
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash