T.Sodiqov nomidagi 7-maktab-internatida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi
28 May, 2026 - 09:48
16
T.Sodiqov nomidagi 7-maktab-internatida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi
T.Sodiqov nomidagi 7-maktab-internatida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 25-may kuni Andijon tumani T.Sodiqov nomidagi 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yetishib chiqayotgan XI sinf bitiruvchilari uchun “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida tantanali “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i M.Sattarova,Ta’lim muassasalarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassisi H.Alijonov, Andijon tumani Madaniyat bo‘limi boshligi M.Xatamova, o‘qituvchi-tarbiyachilar qatnashdilar.
Tadbirning eng hayajonli qismida Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i M.Sattarova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yurtimiz bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Davlatimiz rahbarining yoshlarga bildirgan yuksak ishonchi ishtirokchilarga katta ruhiyat bag‘ishladi.
Tantanali marosim so‘ngida ortda qolgan 2025-2026-o‘quv yili davomida iqtidorli o‘quvchilar va maktab jamoasi tomonidan erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, katta hayot ostonasida turgan yoshlarga oq yo'l tilandi.