Sherali Jo'rayev nomidagi musiqa va san'at maktabining 2025-2026- o'quv yili yakunlari bo'yicha HISOBOT konserti o'tkazildi
15 May, 2026 - 15:40
21

Kuni kecha Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at maktabi jamoasi tomonidan Andijon viloyati musiqali drama teatrida O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayev xotirasiga bag‘ishlangan 2025-2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha hisobot konserti o‘tkazildi.
Ijodiy hisobot konsertiga Andijon viloyatidagi musiqa va san’at ta’lim muassasalari, teatrlari, madaniyat markazlari, badiiy jamoalari, jamoat tashkilotlari, jamoatchilik vakillari va ota-onalar taklif etildi.
Konsertda Oliy maktab o‘quvchilari, konsertmeysterlari, jo‘rabozlarni va o‘qituvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar hamda soha mutaxassislariga zavq shavq bag‘ishladi.