“Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 66-sonli “Navo” madaniyat markazi ochiq maydonida keng qamrovli madaniyat va san’at bayrami bo‘lib o‘tdi.
07 May, 2026 - 16:46
25

Unda tuman madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 66 va 67-sonli madaniyat markazlari hamda Qorasuv shahar 27-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining yillik hisobot konserti taqdim etildi.
Tadbirda Qorasuv shahar hokimi ishtirok etib, yoshlarning iste’dodini yuzaga chiqarish borasidagi ishlar haqida to‘xtaldi. Konsert dasturini ochiq maydonda o‘tkazishdan maqsad — yoshlarni xonandalik, sozandalik, raqs va teatr yo‘nalishlariga qiziqtirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdir.