G‘oliblar aniqlandi: Ko‘rik-tanlov natijalari bilan tanishing!
05 May, 2026 - 16:40
33
G‘oliblar aniqlandi: Ko‘rik-tanlov natijalari bilan tanishing!
O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xo‘jayev tavalludining 116 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan askiyachi, qiziqchi va miniatyura teatrlarining an’anaviy viloyat ko‘rik-tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Hakamlar hay'atining xulosasiga ko'ra, eng munosib deb topilgan ishtirokchilar va jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Quyida tanlovning barcha yo'nalishlari bo'yicha g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
🎭Askiya yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: Qo‘rg‘ontepa tumani madaniyat bo‘limi qoshidagi Abdulxay Maxsum Qozoqov nomli askiya mahorat maktabi;
🥈2-o‘rin: Qorasuv shahar 57-son umumta'lim maktabi o‘quvchilaridan tashkil topgan askiya mahorat to‘garagi a’zolari;
🥉3-o‘rin: Jalaquduq tuman madaniyat bo‘limi qoshidagi askiyachilar guruhi.
🎙Qiziqchilik yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: G‘ayrat Ahmedov;
🥈2-o‘rin: Soyib Mirzayev;
🥉3-o‘rin: O‘tkir qiziq.
🎬Miniatyura yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇1-o‘rin: "So‘taqozi" xalq miniatyura teatri;
🥈2-o‘rin: Asaka tuman madaniyat bo‘limi jamoasi;
🥉3-o‘rin: Marhamat tumani madaniyat bo‘limi jamoasi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz! Ularning kelgusi ijodiy faoliyatlariga ulkan zafarlar, bitmas-tuganmas ilhom va xalqimiz ardog'ida bo'lishlarini tilab qolamiz!