Soyib Xo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi
05 May, 2026 - 16:36
23
Soyib Xo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi
O‘zbek milliy san’atining chinakam darg‘asi, betakror iste’dod egasi, O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xo‘jayev tavalludining 116 yilligi munosabati bilan shukuhli ijodiy kecha tashkil etildi. Ushbu sana doirasida askiyachi, qiziqchi va miniatyura teatrlarining an’anaviy viloyat ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur madaniy-ma'rifiy tadbir viloyat Madaniyat boshqarmasi hamda Xonobod shahar hokimligi hamkorligida yuqori saviyada, ko'tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Murosasiz va qizg'in o‘tgan ijodiy bellashuvda viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi madaniyat markazlari qoshida faoliyat yuritayotgan yosh askiya va qiziqchilik jamoalari hamda viloyat teatrlarining el ardog‘idagi taniqli qiziqchilari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
✨ E’tiborlisi shundaki, ushbu xotira va qadriyat kechasiga ustoz san’atkor Soyib Xo‘jayevning farzandlari va oila a’zolari maxsus mehmon sifatida tashrif buyurishdi. Ularning ishtiroki ko'rik-tanlovga o‘zgacha fayz va samimiylik bag‘ishladi.