TURKSOY Bosh kotibi Andijondan tashrif buyurgan madaniyat va san’at xodimlarini bayram bilan tabrikladi
17 Apr, 2026 - 17:29
4
TURKSOY Bosh kotibi Andijondan tashrif buyurgan madaniyat va san’at xodimlarini bayram bilan tabrikladi
TURKSOY Bosh kotibi Andijondan tashrif buyurgan madaniyat va san’at xodimlarini bayram bilan tabrikladi
TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev Turkiyaning Anqara shahriga Andijon viloyatidan tashrif buyurgan madaniyat va san’at xodimlarini qabul qilib, 15-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” bilan tabrikladi.
Sulton Rayev o’z so’zida so’nggi yillarda O’zbekistonda madaniyat va san’at tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish bo‘yicha juda katta islohotlar amalga oshirilayotganini, soha xodimlariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo’llagani ham yuksak e’tiborning yorqin tasdig’i ekanini qayd etdi.
Tadbir yakunida TURKSOY Bosh kotibiyatida Andijonga bag’ishlab tashkil etilgan tantanali tadbirda faol ishtirok etgan delegatsiya a’zolariga tashakkurnomalar taqdim etildi.