Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabida navbatdagi “Mahorat darsi” tashkil etildi.
12 Apr, 2026 - 00:00
2
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabida navbatdagi “Mahorat darsi” tashkil etildi.
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabida navbatdagi “Mahorat darsi” tashkil etildi.
Mazkur mahorat darsi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti Yusufjon Vohidov tomonidan o‘tkazildi.
Dars davomida ustoz tomonidan nay cholg‘usida ijro etish uslublari, nafasni to‘g‘ri olish va sarflash, ohangning sofligi hamda kuylarni ifodali ijro etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar ijrochilik sir-asrorlari, sahna madaniyati va musiqiy ifoda usullari haqida muhim tavsiyalar oldilar.
Bunday mahorat darslari qatnashchilarda katta taassurot qoldirish bilan birga, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘lida bu kabi darslar alohida ahamiyat kasb etadi.