Mahorat darslari – ta’lim va amaliyot uyg‘unligi

09 Feb, 2026 - 00:00
7
Mahorat darslari – ta’lim va amaliyot uyg‘unligi

Mahorat darslari – ta’lim va amaliyot uyg‘unligi

🎓 Mahorat darslari – ta’lim va amaliyot uyg‘unligi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligida institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari ayni kunlarda Andijon viloyatida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.

Safar doirasida bugun Tolibjon Sodiqov nomidagi 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mahorat darslari tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida:

🔹 “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti Yusuf Vohidov xalq cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun nay cholg‘usi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazib, musiqa ijrochiligining uslubiy va amaliy jihatlarini atroflicha yoritib berdi.

🔹 “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi professori Ahmadjon Dadaev an’anaviy xonandalik hamda an’anaviy cholg‘u yo‘nalishlari o‘qituvchi va o‘quvchilariga g‘ijjak cholg‘usida ijrochilik va milliy qo‘shiqchilik an’analari bo‘yicha mahorat darsi o‘tdi.

🔹 “Sahna nutqi” kafedrasi o‘qituvchisi Isfandiyor Xomidov barcha o‘quvchilarga institut faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

✨ Ushbu mahorat darslari yosh avlodning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, milliy musiqa ijrochilik an’analarini mustahkamlash hamda oliy ta’lim bilan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🎶 Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi — kelajak san’atkorlari kamoloti uchun mustahkam poydevor!

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 55 502 33 77(3204)
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash