“Puflama va zarbli cholg‘ular” kafedrasi dotsenti Mirzakirov Mirkarim Mirxakimovich tomonidan ijodiy uchrashuv hamda mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

18 Feb, 2026 - 00:00
4

Ijodiy uchrashuv va mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi “Puflama va zarbli cholg‘ular” kafedrasi dotsenti Mirzakirov Mirkarim Mirxakimovich tomonidan T. Sodiqov nomidagi 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Damli va zarbli cholg‘u ijrochiligi” bo‘limi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari uchun ijodiy uchrashuv va mahorat darsi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yosh ijrochilar uchun puflama va zarbli cholg‘ular bo‘yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berildi, ijrochilik mahoratini oshirishga qaratilgan muhim ko‘rsatmalar ulashildi.

Bunday mahorat darslari o‘quvchilarning musiqiy saviyasini yuksaltirish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish va professional ijrochilik ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim аҳамiyat kasb etadi.

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish yo‘lida bu kabi uchrashuvlar davom etadi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 55 502 33 77(3204)
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash