Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i M. Sattarova hamda Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Andijon viloyat Kengashi raisi M.Kayumov tomonidan 27 mart — “Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan bir guruh yoshlar taqdirlandi.
26 Mar, 2026 - 18:00
24

Mazkur sana munosabati bilan madaniyat va san’at taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilib, o‘zbek teatr san’ati ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, ko‘p yillik sermazmun va samarali ijodi orqali san’at ixlosmandlari e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘lgan ijodkorlar alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, viloyat hamda respublika miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol va tashabbuskor ishtirok etib, yosh avlod qalbida ona Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdagi yuksak xizmatlari, madaniy hayotdagi faol tashkilotchiligi uchun Andijon viloyat Musiqali drama teatri yosh ijodkorlari viloyat hokimligining tashakkurnomasi bilan munosib taqdirlandi.
❗Bunday e’tirof va rag‘batlar milliy teatr san’atining yanada rivojlanishiga, yosh iste’dodlarning qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qiladi.