Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i M. Sattarova tomonidan Andijon shahar 8-sonli texnikumida yoshlar bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
26 Mar, 2026 - 18:00
21

Uchrashuv davomida yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolari tinglanib, ular bilan ochiq muloqot olib borildi.
Faol va tashabbuskor bir guruh yoshlar esa ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etganligi uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak sari ishonch bilan odimlashida muhim ahamiyat kasb etadi.