Prezident Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar pavilyoniga tashrif buyurdi, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari bilan muloqot qildi.
24 Mar, 2026 - 09:27
23
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar pavilyoniga tashrif buyurdi, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari bilan muloqot qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar pavilyoniga tashrif buyurdi.
Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yagona va ahil oila boʻlib yashab kelmoqda, 157 ta milliy-madaniy markaz faoliyat koʻrsatmoqda. Bu xilma-xillik koʻp asrlik tarixiy jarayonlar natijasida shakllangan noyob ijtimoiy hodisa sanaladi.
Yurtimizda milliy madaniyatlarni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni asrab-avaylash va mustahkamlash, shu orqali yosh avlodni bagʻrikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.