TOZALIK – YUKSAK MADANIYAT BELGISI
16 Feb, 2026 - 14:48
23
TOZALIK – YUKSAK MADANIYAT BELGISI
TOZALIK – YUKSAK MADANIYAT BELGISI
2026-yil 16-fevral kuni Andijon tuman 16-son Bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 266-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar o‘rtasida tozalik madaniyatini shakllantirish va uni keng targ‘ib qilishga qaratilgan tozalik ishlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirga o‘quvchi-yoshlar faol jalb etilib:
✨ maktab hududi obodonlashtirildi
✨ atrof-muhitni asrash va ozodalikka rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
✨ jamoaviy mehnat orqali yoshlarda mas’uliyat va tashabbuskorlik tuyg‘usi mustahkamlandi
Ushbu ezgu tashabbus yosh avlod qalbida poklik, tartib-intizom va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
🌿 Toza muhit – sog‘lom va barkamol avlod garovi!