Andijonda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” nomli adabiy-ma’rifiy kechasi bo'lib o'tdi

11 Feb, 2026 - 14:33
21
Andijonda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” nomli adabiy-ma’rifiy kechasi bo'lib o'tdi

Andijonda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” nomli adabiy-ma’rifiy kechasi bo'lib o'tdi

“Vazirning bir kuni” Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” nomli adabiy-ma’rifiy kechasi bilan yakunlandi.

Ushbu tadbirda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, TURKSOY bosh kotibi Sulton Raev, vazir o'rinbosarlari, hududiy va tizim tashkilotlari rahbarlari hamda boshqa rasmiylar ishtirok etishdi.

“Nazm va navo” nomli adabiy-ma’rifiy kechada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning asarlaridan namunalar ijro etildi.

Ma’lumki, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyatini, shoir ulug‘lagan  ezgu g‘oyalarni targ‘ib etishda musiqa san’atining ahamiyati beqiyosdir.  

E’tiborga molik jihati,  alloma bobokalonlarimiz g‘azallari bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar xalqimizning ko‘ngil mulkidan joy olgan musiqiy asarlardan sanaladi. Ayni paytda mazkur musiqiy asarlar badiiy barkamolligi, yuksak saviyasi, mukammalligi bilan ajralib turadi.

Ulug‘ shoir ijodiga murojaat etish san’atkorlardan katta mas’uliyat, so‘z san’atining bilimdonligi, milliy merosimiz va tomoshabin oldidagi ulkan burchni astoydil his etishni talaba qiladi.

"Nazm va navo" musiqiy kechasi ayni shu jihatlarni e’tiborga olgan holda tashkil etilgani bilan diqqatga sazovor bo‘ldi. Konsert davomida ustoz san’atkorlar, maqom ansambli, yosh ijrochilar tomonidan milliy maqom yo‘lidagi musiqiy asarlar ijro etildi.

Jonli ijro asosida tashkil etilgan musiqa oqshomi ishtirokchilarida "Nazm va navo" kechasi katta taassurot qoldirdi. 

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 55 502 33 77(3204)
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash