IJOD MASKANI – MAHORAT DARSI
16 Feb, 2026 - 11:25
27
IJOD MASKANI – MAHORAT DARSI
Andijon shahar 3-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2024-yil 26-sentabrdagi 456-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijod maskani” turkumi doirasida mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur mahorat darsini Sh. Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at maktabining estrada xonandalik yo‘nalishi o‘qituvchilari olib borib, ishtirokchilar bilan o‘z tajribalari va kasbiy mahorat sirlarini o‘rtoqlashdilar.
Dars davomida:
✨ vokal ijrochiligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi
✨ sahna madaniyati va ijro mahorati ustida ishlash yo‘llari ko‘rsatildi
✨ yosh ijodkorlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi
Ushbu mahorat darsi o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌟 Bunday uchrashuvlar yosh iste’dod egalari uchun katta ilhom va tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.