IJOD MASKANI

06 Feb, 2026 - 18:00
19
IJOD MASKANI

1-son Bolalar musiqa va san’at maktabida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan “Maqom kechasi” bo‘lib o‘tdi.

IJOD MASKANI
2026-yil 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 456-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahar 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan “Maqom kechasi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir Andijon davlat universiteti hamda Sh. Jo‘rayev nomidagi oliy musiqa va san’at maktabi o‘quvchi-yoshlari va ustozlari hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida Andijon davlat universitetining tajribali ustozlari B. Yo‘ldoshev va K. Nurdinov, shuningdek, Sh. Jo‘rayev nomidagi oliy musiqa va san’at maktabining estrada aktyorlik bo‘limi boshlig‘i N. Jo‘rayev hamda o‘qituvchi A. Saydaliyev ishtirok etib, yosh ijodkorlarga o‘zlarining samimiy tilaklari va qimmatli tavsiyalarini bildirdilar.

Tadbir yakunida mehmonlar Andijon shahar 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Nishanova Nargizaxon Abduraxmanovna tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

✨ Mazkur kecha milliy musiqa san’atimizning betakror an’analari, maqomning jozibasi hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan yuksak ehtiromni yana bir bor namoyon etdi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 55 502 33 77(3204)
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash