Andijonda “Prezident archasi” — bolajonlar uchun bayramona quvonch
28 Dec, 2025 - 09:36
42
Andijonda “Prezident archasi” — bolajonlar uchun bayramona quvonch
Andijonda “Prezident archasi” — bolajonlar uchun bayramona quvonch
Andijon viloyatida Yangi yil munosabati bilan an’anaviy “Prezident archasi” bayram tadbiri tantanali ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda viloyat hududidagi internat muassasalarida tarbiyalanayotgan, ota-onasidan erta ayrilgan bolalar, shuningdek, Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari ishtirok etdi.
Bayram tadbirida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qatnashib, bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi va ularga ezgu tilaklar bildirdi. Ertak qahramonlari ishtirokida namoyish etilgan musiqali tomoshalar bolalarga ko‘tarinki kayfiyat, quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga Prezident sovg‘alari topshirilib, bolalarning yuzida quvonch va tabassum namoyon bo‘ldi.