Andijon viloyati bo‘linmasi tashabbusi bilan yosh ijodkorlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “San’atim saodatim” viloyat ko‘rik-tanlovi joriy yilda ham keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.
11 Dec, 2025 - 10:20
8

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi tashabbusi bilan yosh ijodkorlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “San’atim saodatim” viloyat ko‘rik-tanlovi joriy yilda ham keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Mazkur tanlov 2025-yil 13-dekabr kuni soat 09:00 da Andijon shahridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi – viloyatdagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning sahna madaniyati, ijrochilik mahorati va badiiy didini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek, iste’dod egalari uchun yangi imkoniyatlar yaratishdir. Tanlovda vokal, cholg‘u ijrochiligi, raqs, teatr va ommaviy janrlar bo‘yicha o‘quvchi-yoshlar o‘z mahoratini namoyish etadilar.
Tadbir doirasida professional san’atkorlar ishtirokida mahorat darslari, yoshlar bilan ijodiy uchrashuvlar, ularning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi, istiqbolli ishtirokchilar esa respublika bosqichiga tavsiya etiladi.
“San’atim saodatim” ko‘rik-tanlovi ijodga chanqoq yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘lib, ularning o‘z ustida ishlashi, sahnaga dadil qadam qo‘yishi va kelajak san’atkor sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Barcha san’atga mehr qo‘ygan yoshlarni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz.