Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun keng nishonlandi

08 Dec, 2025 - 18:00
5
Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun keng nishonlandi

Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun keng nishonlandi

Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli olimlar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Konstitutsiyamiz davlat rahbari tashabbusi bilan boshlangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarining mustahkam huquqiy poydevori ekani ta’kidlandi.

Bosh qomusimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirgani, har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori mustahkam huquqiy poydevori – uning Konstitutsiyasi hisoblanishi, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonun ekanligi qayd etildi.

Bayram dasturi san’atkorlar ijrosidagi vatanparvarlik qo‘shiqlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar bilan davom etdi

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash