⚡️ “Ustozlarni eslab” — mumtoz san’atga ehtirom!
14 Nov, 2025 - 09:22
14
⚡️ “Ustozlarni eslab” — mumtoz san’atga ehtirom!
⚡️ “Ustozlarni eslab” — mumtoz san’atga ehtirom!
“Turkiston” san’at saroyida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Andijon bo‘limi tomonidan ta’sirli hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda san’at darg‘alari hududiy bo‘lim yutuqlarini e’tirof etib, ijodkorlarga muvaffaqiyat tilashdi.
Sahnada O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva hamda xalq san’atkorlari Furqat Ashuraliyev va Elmurod Ahmedovning yorqin chiqishlari tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashdi.
🎶 “Gul uzatsam”, “Dedi”, “Unutmoq kerak”, “Nog‘ora bayot” kabi mumtoz asarlar jarang sochib, milliy maqom san’atining betakror ma’naviyati yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Ushbu konsert — yoshlar qalbida san’atga mehr uyg‘otish, maqom merosini keng targ‘ib etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.