"Ijod maskani" turkumidagi navbatdagi seminar – fortepiano yo‘nalishida!
25 Oct, 2025 - 11:52
38
"Ijod maskani" turkumidagi navbatdagi seminar – fortepiano yo‘nalishida!
🎹 "Ijod maskani" turkumidagi navbatdagi seminar – fortepiano yo‘nalishida!
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O.A. Nazarbekovning 2025-yil 26-sentyabrdagi 456-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida,
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Marhamat tumani 5-son bolalar musiqa va san’at maktabida "Ijod maskani" turkum tadbirlari doirasida fortepiano yo‘nalishida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
🪶 Seminar mavzusi: "Fortepiano mutaxassisligida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va innovatsion metodlarni qo‘llash."
Seminarning asosiy maqsadi — viloyatdagi mutaxassislik fani ustozlari o‘rtasida tajriba almashish, zamonaviy pedagogik va innovatsion yondashuvlar asosida dars o‘tishning samarali usullarini muhokama qilish, o‘quvchilarning ijro mahoratini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni ilgari surishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur seminar ijodiy fikr almashuv, o‘zaro tajriba va yangicha qarashlar uyg‘unlashgan samarali muloqot maydoniga aylandi.
📍 Marhamat tumani, 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi 📅 2025-yil 24-oktyabr