Ulug‘nor tumanidagi bino foydalanishga topshirilmoqda
24 Oct, 2025 - 10:25
38
Ulug‘nor tumanidagi bino foydalanishga topshirilmoqda
Ulug‘nor tumanidagi bino foydalanishga topshirilmoqda
Kuni kecha Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i M.Sattarova Ulug‘nor tumanidagi 56-son madaniyat markazida bo‘ldi.
Mazkur bino O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 23-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 50-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida to‘liq qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirish jarayoniga keltirildi.
🛠 Yangilangan madaniyat markazi zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lib, aholi hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.