“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
21 Oct, 2025 - 18:00
27
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar bilan ochiq muloqot va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbir Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i M. Sattarova o‘quvchi yoshlar bilan bevosita suhbatlashib, ularning qiziqishlari, orzulari va ijodiy intilishlarini tingladi. Yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, madaniyat hamda san’at sohasidagi imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot olishdi.
Tadbir davomida iqtidorli o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi, bu esa yosh iste’dodlarni yanada rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘quvchilarning ota-onalari ham ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ular ta’lim jarayonidagi yangiliklar, bolalarining ijodiy rivojlanishi hamda maktab faoliyati yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv yoshlarning madaniyat va san’at sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, ularni o‘z iqtidorini to‘liq namoyon etishiga ko‘maklashish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.