“Marhabo, talantlar!” tanlovida andijonlik yosh ijrochilarning yutug‘i!
18 Oct, 2025 - 08:58
13
“Marhabo, talantlar!” tanlovida andijonlik yosh ijrochilarning yutug‘i!
🎶 “Marhabo, talantlar!” tanlovida andijonlik yosh ijrochilarning yutug‘i!
Joriy yilning 10–12-oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Marhabo, talantlar” Respublika ko‘rik-tanlovida 🎭 Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi Xalq raqsi ijrochiligi bo‘limi o‘quvchilaridan tashkil topgan “Guldasta” raqs ansambli yuksak natijalarga erishdi.
🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra: ✨ “Guldasta” raqs ansambli — 🥇 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi!
Bu yutuq — yosh ijrochilarning fidokorona mehnati, ularning ustozlari va konsertmeysterlari sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir. 🌸
💐 Guldasta jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Yangi marralar sari hamrohingiz ijod, ilhom va omad bo‘lsin!