Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Mo‘jizali dunyo” shou tomoshasi!

14 Oct, 2025 - 17:03
19
Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Mo‘jizali dunyo” shou tomoshasi!

Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Mo‘jizali dunyo” shou tomoshasi!

🎭✨ Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Mo‘jizali dunyo” shou tomoshasi! ✨🎭

Bugun, 14-oktyabr kuni, Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrida bolajonlar uchun unutilmas “Mo‘jizali dunyo” shou tomoshasi bo‘lib o‘tdi.

🌈 Qiziqarli o‘yinlar, sport mashqlari, aqlni charxlovchi savollar va milliy o‘yinlarimizdan biri — arqon tortish kabi bahslar kichkintoylar va ota-onalarga chinakam quvonch ulashdi.

🔮 Fokus o‘yinlari, chiroqlar yog‘dusida namoyish etilgan raqslar, rang-barang lazer shoulari esa sahnani haqiqiy mo‘jizalar olamiga aylantirdi.

Mo‘jizali dunyo” — nafaqat bolajonlar, balki kattalar uchun ham unutilmas taassurotlar hadya etadigan ko‘ngilochar dasturdir.

📅 Shou tomosha joriy yilning 10-noyabrigacha davom etadi.

👨‍👩‍👧‍👦 Aziz yurtdoshlar! Farzandlaringiz bilan birga mo‘jizalar olamiga sayohat qilishni istasangiz, Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyuring! Biz sizlarni quvonch, kulgu va sehrli lahzalarga boy tomoshada kutib qolamiz! 💫

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash