Rasmiy munosabat
23 Sep, 2025 - 16:09
17
Rasmiy munosabat
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Andijon shahar madaniyat bo‘limi rahbariga nisbatan ayrim shikoyat mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlaymizki, mazkur xabarlar rahbarning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, uning xizmat vazifalari hamda madaniyat bo‘limi faoliyatiga aloqasi yo‘q.
Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan bunday xabarlarga nisbatan rasmiy ravishda bildiradiki, bo‘lim rahbari o‘z vazifasini belgilangan qonun-qoidalar asosida davom ettirmoqda.
Ommaviy axborot vositalari va fuqarolardan esa rasmiy manbaga tayanishni va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.
Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi matbuot xizmati