“Ustozga ehtirom” – San’atga bag‘ishlangan bayramona uchrashuv
24 Sep, 2025 - 14:35
19
“Ustozga ehtirom” – San’atga bag‘ishlangan bayramona uchrashuv
“Ustozga ehtirom” – San’atga bag‘ishlangan bayramona uchrashuv
2025-yil 1-oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Andijon shahar 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilari “Ustozga ehtirom” shiori ostida yuksak ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdilar.
Tadbir doirasida Andijon viloyati faxri, “Do‘stlik” ordeni sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sanabarxon Raxmonova tabriklanib, ustoz va shogirdlar birgalikda kuy-qo‘shiqlarni ijro etdilar.
Samimiyat va ehtiromga boy ushbu uchrashuv davomida Sanabarxon Raxmonova yosh iste’dod egalari uchun master-klass ham o‘tkazib, o‘z tajriba va mahoratini ulashdi.
Bayramona tadbir ustozlarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi, ustoz-shogird an’analarining uzviy davomiylari bo‘lib, barchaga unutilmas taassurotlar qoldirdi.