Buloqboshi tumanida “Kelajak o‘yinlari” loyihasi doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi
23 Sep, 2025 - 17:16
16
Buloqboshi tumanida “Kelajak o‘yinlari” loyihasi doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Buloqboshi tumanida “Kelajak o‘yinlari” loyihasi doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Buloqboshi tuman madaniyat bo‘limi tomonidan “Kelajak o‘yinlari” loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida qiziqarli sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar doirasida bo‘lim va uning tasarrufidagi madaniyat markazlari xodimlari tashabbusi bilan shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Intellektual o‘yinlar yoshlar tafakkurini charxlash, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Shuningdek, madaniyat markazlari xodimlari umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda basketbol va stol tennisi musobaqalarini ham uyushtirib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.
Ushbu musobaqalar nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.