Ozarbayjonda o‘zbek iste’dodlari yutuqqa erishdi!
17 Sep, 2025 - 12:27
25
Ozarbayjonda o‘zbek iste’dodlari yutuqqa erishdi!
Ozarbayjonda o‘zbek iste’dodlari yutuqqa erishdi!
📅 Joriy yil 22-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahrida ARTNOVA — Xalqaro ijodiy tashkiloti tashabbusi bilan “Ijod parvozi” I-Xalqaro yosh ijodkorlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Andijon shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari:
🎨 Muhammadjonova Zarnigor — tasviriy san’at yo‘nalishi,
🎤 Zaynobiddinova Durdona — estrada vokali yo‘nalishi
Maktab rahbari Nishanova Nargizaxon Abduraxmonovna boshchiligida mazkur xalqaro tanlovda ishtirok etib, faxrli II-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
✨Yosh iste’dodlarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va ularga kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!