Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri – xalqaro sahnada!
11 Sep, 2025 - 11:58
23
Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri – xalqaro sahnada!
🏛Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri – xalqaro sahnada!
Andijon viloyati Qo‘g‘irchoq teatrining bir guruh ijodkorlari Qozog‘iston Respublikasi, Kostanay viloyatida 17–20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Puppet Life” xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqishdi.
Ushbu festival ijodkorlarimiz uchun xalqaro tajriba almashish, do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va qo‘g‘irchoq san’atini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.