Andijon viloyat Yoshlar teatri Farg‘onada ijodiy gastrol safarida

05 Sep, 2025 - 15:28
26
Andijon viloyat Yoshlar teatri Farg‘onada ijodiy gastrol safarida

Andijon viloyat Yoshlar teatri Farg‘onada ijodiy gastrol safarida

Andijon viloyat Yoshlar teatri Farg‘onada ijodiy gastrol safarida

Teatr san’atini yanada rivojlantirish, viloyatlararo ijodiy hamkorlikni mustahkamlash va tomoshabinlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Andijon viloyat Yoshlar teatri Farg‘ona viloyatida gastrol safarini amalga oshirdi.

Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida Farg‘ona Davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va ishchi-xodimlar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida teatr san’atining jamiyat hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati, yoshlar dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy asarlar orqali davr ruhini aks ettirish masalalari muhokama qilindi.

Ijodiy uchrashuv doirasida teatr jamoasi tomoshabinlarga yozuvchi Usmon Azim qalamiga mansub “Kunduzsiz kechalar” spektaklini namoyish etdi. Mazkur asar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va iliq taassurotlar bilan kutib olindi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash