RASMIY MUNOSABAT
15 Aug, 2025 - 09:58
78
RASMIY MUNOSABAT
Rasmiy Munosabat
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim manbalarda Andijon viloyati Yoshlar teatri faoliyatiga oid asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tarqatilmoqda. Ushbu ma’lumotlar mutlaqo bo‘hton va tuhmat bo‘lib, teatrning obro‘-e’tiboriga putur yetkazish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan harakatlar deb hisoblaymiz.
Andijon viloyati Yoshlar teatri o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, madaniy sohadagi me’yoriy talablar va teatr ustaviga qat’iy amal qiladi. Barcha ijodiy va tashkiliy ishlar shaffof, ochiq va jamoatchilik nazoratida olib boriladi.
Teatr jamoasiga nisbatan qilingan asossiz ayblovlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi sababli:
1. Mazkur tuhmat va bo‘htonlarga rasmiy raddiya beramiz.
2. Asossiz ma’lumot tarqatgan shaxs yoki manbalarni o‘z manfaatlari yo‘lida teatrning nomiga yolg‘on yoymaslikka chaqiramiz.
Biz ijodiy faoliyatimiz orqali faqat xalqimizga ma’naviy boylik va madaniy xizmat ko‘rsatishni maqsad qilganmiz. Teatr eshiklari hamisha ochiq, har bir da’vo va savolga ochiq muloqotda javob berishga tayyormiz.
Manba: Andijon viloyati Yoshlar teatri matbuot xizmati.