Prezident Shavkat Mirziyoyev san’at va hunarmandchilik sohalariga oid takliflarni ko‘rib chiqdi

30 Jul, 2025 - 15:58
58
Prezident Shavkat Mirziyoyev san’at va hunarmandchilik sohalariga oid takliflarni ko‘rib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev san’at va hunarmandchilik sohalariga oid takliflarni ko‘rib chiqdi

Madaniyat markazlarida davlat-xususiy sheriklik yo‘lga qo‘yilib, ijodiy ishlanmalarni rag‘batlantiruvchi startap loyihalar amalga oshiriladi;

✅Botir Zokirovning memorial muzeyi tashkil etiladi;

✅Botir Zokirov nomidagi stipendiya joriy qilinadi;

✅Botir Zokirov nomidagi xalqaro estrada tanlovini o‘tkaziladi;

✅Botir Zokirov nomidagi institutning bakalavriat bosqichini tamomlagan eng faol bitiruvchilar chet elga magistraturada o‘qishga yuboriladi hamda iqtidorli talabalarning nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi;

✅Andijon shahridagi san’at maktabi negizida Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi;

✅Har yili Sherali Jo‘rayev nomidagi milliy qo‘shiqchilik teletanlovi o‘tkaziladi;

✅Oliy maktabda ilmiy-ijodiy laboratoriya tuzilib, Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarining “oltin fondi” yaratiladi, zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etilib, iqtidorli yosh ijodkorlar undan imtiyozli foydalanishi mumkin bo‘ladi;

✅Farg‘ona viloyatida simfonik orkestr va milliy cholg‘ular orkestri tuziladi hamda ular zarur musiqa asboblari, ovoz kuchaytirish va yoritish uskunalari, sahna liboslari va boshqa anjomlar bilan ta’minlanadi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash