🎉 "Temir yo‘l transporti xodimlari kuni" Paxtaobodda keng nishonlandi

31 Jul, 2025 - 18:00
65
🎉 "Temir yo‘l transporti xodimlari kuni" Paxtaobodda keng nishonlandi

🎉 "Temir yo‘l transporti xodimlari kuni" Paxtaobodda keng nishonlandi

🎉 "Temir yo‘l transporti xodimlari kuni" Paxtaobodda keng nishonlandi

📅 2025-yil 31-iyul kuni Andijon mexanika zavodining Paxtaobod tuman bo‘limida “Temir yo‘l transporti xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎙 Tadbirda Paxtaobod tuman bo‘limi rahbari so‘zga chiqib, barcha xodimlarni ushbu kasb bayrami bilan tabrikladi. U fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirib, ularning mehnatini e’tirof etdi.

🎭 Tadbirning badiiy qismi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasining ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan bayramona konsert dasturi bilan davom etdi. Xonandalar, sozandalar va raqqosalar tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

🌟 Bunday tadbirlar mehnat faxrini ulug‘laydi, jamoada birlik va g‘urur tuyg‘usini mustahkamlaydi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash