Rasmiy Munosabat!

16 Jul, 2025 - 08:27
66
Rasmiy Munosabat!

Rasmiy Munosabat!

🟩 Rasmiy munosabat

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Dunyo sadolari" gala konserti uchun pul yig‘ilayotgani haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda.

📢 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi ushbu xabarlarga qat’iy raddiya bildiradi.

✅ Boshqarma tizimidagi biror tashkilot yoki tuman madaniyat bo‘limlari tomonidan konsert tadbirlari uchun pul yig‘ish holatlari aniqlanmagan.

🛑 Bunday harakatlar na Madaniyat vazirligining, na viloyat boshqarmasining siyosatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.

📌 Shuni alohida ta’kidlaymizki, Madaniyat boshqarmasi tizimidagi barcha tadbirlar qonuniy asosda, homiylik va tashkiliy-ijodiy hamkorlik asosida tashkil etiladi.

🟢 Kelgusida ham bu kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratda bo‘ladi.

📞 Agarda bu kabi noqonuniy harakatlar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lsangiz, rasmiy manzillarimiz orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash