🎭 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida teatrlashtirilgan tomosha

25 Jul, 2025 - 15:11
112
🎭 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida teatrlashtirilgan tomosha

🎭 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida teatrlashtirilgan tomosha

🎭 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida teatrlashtirilgan tomosha

🔹 25-iyul kuni soat 14:00 da, Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari Andijon viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.

📚 Ushbu tashrif “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida amalga oshirildi.

🎬 Bolajonlar uchun mashhur yozuvchi Obidjon Ro‘ziboyev asari asosida, rejissyor Jamshid Ro‘zimatov tomonidan sahnalashtirilgan “O‘rmon ertagi” nomli spektakl namoyish etildi.

🌿 Tomosha davomida bolalar nafaqat zavq bilan spektaklni tomosha qildilar, balki undagi do‘stlik, tabiatni asrash, birdamlik va hurmat kabi tarbiyaviy g‘oyalarni chuqur anglab olishdi.

📸 Tadbirdan lavhalar esa bolalarning quvonchli onlari va teatrdan olgan iliq taassurotlarini aks ettirdi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash