“Xizmatingga tayyormiz, jonajon Vatan!” nomli bitiruv kechasi tashkil etildi.
12 Jul, 2025 - 12:36
78
“Xizmatingga tayyormiz, jonajon Vatan!” nomli bitiruv kechasi tashkil etildi.
“Xizmatingga tayyormiz, jonajon Vatan!” nomli bitiruv kechasi tashkil etildi.
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Xo‘jaobod tumani Politexnikumida yurtga sadoqat, milliy g‘urur va harbiy-vatanparvarlik ruhini targ‘ib etishga qaratilgan “Xizmatingga tayyormiz, jonajon Vatan!” nomli bitiruv kechasi tashkil etildi.
Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar Vatanga sadoqat, yurt himoyasi, do‘stlik va birdamlik haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib, o‘zlarining mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganlarida davlatga xizmat qilishga tayyor ekanliklarini ifoda etishdi.Tadbirga tuman Madaniyat bo‘lim rahbari Anvarjon Abdullayev taklif etildi.
Tashkilotchilar tomonidan milliy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi va vatanparvarlik mavzularida chiqishlar, sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.
Ushbu kecha bitiruvchilar hayotida unutilmas daqiqalardan biriga aylanishi bilan birga, ularni yurtga sadoqatli, vatanparvar va fidoyi inson bo‘lib kamol topishga undadi.