Harbiy qismda teatr kuni yuqori saviyada o‘tkazildi.

29 Jun, 2025 - 09:43
53
Harbiy qismda teatr kuni yuqori saviyada o‘tkazildi.

Harbiy qismda teatr kuni yuqori saviyada o‘tkazildi.

Harbiy qismda teatr kuni yuqori saviyada o‘tkazildi.

Yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida har soniya sergak turgan, uni ko‘z qorachig‘idek asrab himoya qilayotgan vatanparvar o‘g‘lonlarimiz xizmatlarini ruhan va ma’nan qadrlash bilan birga, ularning kasbi va hayotiga yanada mazmundorlik, xushkayfiyat, sevinch nashidasini qalblariga olib kirmoq, ayniqsa, san’at ahli uchun ham bu ezgu maqsadlardan biridir. 

27-iyun kuni  Andijon shahridagi 14014-sonli harbiy qism harbiy askarlari uchun Andijon viloyat Yoshlar teatri tomonidan buyuk ma’rifatparvar bobolarimizdan biri bo‘lgan Cho‘lpon hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadigan "Kunduzsiz kechalar" spektakli namoyish etildi.

Harbiy o‘g‘lonlar tomonidan ushbu asar katta olqish bilan qarshi olindi. Tadbir davomida teatr san’atkorlari bilan ijodiy suhbat o‘tkazilib, kelgusida teatr ijodkorlaridan yana shunday tarbiyaviy, ezgulikka yo‘g‘rilgan yangi asarlarni kutib qolishlarini ham ifoda etdilar.

#YoshlarTeatr #Spektakl
 

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash