Zaif eshituvchilar va imkoniyati cheklangan bolalar uchun sahnalashtirilgan "Fotimaning sarguzashtlari" spektakli Badiiy kengash a’zolaridan tashkil topgan mutaxassislar ko‘rigiga topshirildi.

29 Jun, 2025 - 09:21
49

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi PQ-399-son qaroriga 3-ilovasi “Teatr san’atini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar”dasturining 27-bandida ko‘rsatilgan “Teatrlar binolarida imkoniyati cheklangan shaxslar harakatlanishi uchun zaruriy sharoitlar yaratish maqsadida tiflosharhlovchi hamda surdotarjimon faoliyatini joriy etish” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A. Tadjixanov tomonidan spektakl sahnalashtirish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu vazifani amalda bajarish maqsadida Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatrining 2025-yil 2-choragiga tasdiqlangan N. Xabibullayevning "Fotimaning sarguzashtlari" pyesasini sahnalashtirish uchun mahoratli rejissyor, "Shuhrat" medali sohibasi Karomat Isamova taklif etildi.

Shuningdek, zaif eshituvchilar va imkoniyati cheklangan bolalar uchun sahnalashtirilgan "Fotimaning sarguzashtlari" spektakli 28-iyun kuni Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash a’zolaridan tashkil topgan mutaxassislar ko‘rigiga topshirildi.

Har bir mutaxassis o‘z fikrlari va takliflarini bildirib, teatrda eksperimental tarzida sahnalashtirilgan spektaklni yuqori baholab bir ovozdan qabul qilishdi va premyeraga ruxsat berildi.

Ushbu spektaklni sahnalashtirishda yaqindan yordam berib, ijodiy jamoa bilan yelka-ma yelka turib mehnat qilgan Rustamjon Obidov boshchiligidagi IXMA Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani 2-son alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.

#Qo'g'irchoqTeatr #Spektakl #Premyera

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash