“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Bog‘ishamol bolalar oromgohida

26 Jun, 2025 - 14:03
66
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Bog‘ishamol bolalar oromgohida

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Bog‘ishamol bolalar oromgohida

📍Andijon viloyati Andijon tumani Bog‘ishamol bolalar oromgohida Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i M.Sattarova ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

🎤 Ushbu uchrashuvda badiiy konsert dasturlari namoyish etilib, bolalarga a’lo kayfiyat ulashdi. 

🎤 Oromgohda dam olayotgan 300 nafardan ortiq o‘quvchi uchun madaniy tadbirlar va uchrashuv juda mazmunli o‘tdi.

🎶Tadbir davomida iqtidorli yoshlar ham o‘z chiqishlari bilan sahnaga chiqib, o‘z iste’dodini namoyish etdi. 
✍️ Shuningdek, M.Sattarova bolalar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi, ularning qiziqishlari va orzulari bilan tanishdi.

Ikki nafar iqtidorli o‘quvchi madaniyat va san’at yo‘nalishi qiziqishi yuqori ekanligi alohida ta’kidlanib, ular bilan boshqarma boshlig‘ining shaxsiy suhbati o‘tkazildi.

🎭Andijon shahar madaniyat bo‘limi ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari bolalar qalbini quvonch va zavq bilan to‘ldirdi.

Andijan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • Андижанская область, город Андижан, улица Алишера Навои, дом 9, Узбекистан
  • +998 943824868
  • andijon@madaniyat.uz
  • Ish vaqti:
    Dush. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash