🎨 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Xonobodda ijodiy mashg‘ulotlar davom etmoqda
25 Jun, 2025 - 15:46
123
🎨 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Xonobodda ijodiy mashg‘ulotlar davom etmoqda
🎨 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Xonobodda ijodiy mashg‘ulotlar davom etmoqda
🌟 Xonobod shahar 8‑sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida to‘garaklar doimiy ravishda faoliyat olib bormoqda.
👧👦 Ushbu to‘garak mashg‘ulotlariga turli yoshdagi o‘quvchilar jalb etilib, ular tasviriy va amaliy san’atning nozik jihatlari bilan tanishib, ijodiy ko‘nikmalarini shakllantirmoqda.
🎨 To‘garakda o‘quvchilar rassomlik, naturmort va portret chizish, shakllar bilan ishlash va ranglarni to‘g‘ri qo‘llash kabi amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, ijodiy dunyoqarashini kengaytirmoqda.
✨ Ushbu to‘garaklar yoshlarga mazmunli va foydali dam olish imkonini taqdim etib, ularning estetik didini oshirish va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.