O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida damli cholg‘u orkestrlari va ansambllari o‘rtasida "Damli sozlar navosi" II-xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.
21 Jun, 2025 - 09:45
10
O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida damli cholg‘u orkestrlari va ansambllari o‘rtasida "Damli sozlar navosi" II-xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 18-20-iyun kunlari O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida damli cholg‘u orkestrlari va ansambllari o‘rtasida "Damli sozlar navosi" II-xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivalda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Angilya, Rossiya kabi davlatlardan 16-yoshdan 35-yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar hamda ansambl va orkestrlar ishtirok etishdi.
Jumladan, T.Sodiqov nomli 7-son maktab-internatining "Damli va zarbli cholg‘ular" orkestri ishtirok etib, tanlovda diplomi hamda "Yamaha Truba" cholg‘usi bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun
Mazkur tanlov-festivalda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan Oliy va o‘rta ta’lim muassasalari hamda tashkilotlardan kelgan 30 ga yaqin jamoalar ishtirok etdi.