Tolibjon Sodiqov nomidagi 7-son musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2024–2025 o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
18 Jun, 2025 - 19:25
11
Tolibjon Sodiqov nomidagi 7-son musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2024–2025 o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎓 Ilm va san’at yo‘lida ilk qadam – diplom tantanasi!
📍 Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Tolibjon Sodiqov nomidagi 7-son musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2024–2025 o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
📚 Joriy o‘quv yilida barcha yakuniy davlat imtihonlari muvaffaqiyatli tarzda yakunlandi. O‘z bilim va san’at yo‘nalishidagi iqtidorini namoyon etgan 25 nafar 11-sinf bitiruvchi maktabni tamomladi.
🎶 Bu yoshlar nafaqat umumiy ta’lim bilimlarini, balki musiqa sohasidagi ixtisoslik bo‘yicha ham chuqur bilim va ko‘nikmalarni egallab, sahnada o‘z mahoratini namoyish etish darajasiga yetishdi.
🌟 Bu kun nafaqat bitiruvchilar, balki ularning ustozlari uchun ham faxr-iftixor va quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi. Zero, san’at yo‘lida ilk qadam qo‘ygan har bir yosh — Vatan madaniyatining yorqin kelajagidir.