"Andijon do‘ppisi" Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
18 Jun, 2025 - 10:28
20
"Andijon do‘ppisi" Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
"Andijon do‘ppisi" Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur bosh kiyim o‘zining yuqori sifatli matolari, nozik naqshlari, o‘ziga xos shakli, shuningdek ramziy va estetik mazmuni bilan ajralib turadi.
Ushbu do‘ppi Andijon viloyatining hunarmandchilik an’analari, kashtachilik maktabi va madaniy ramzlariga asoslangan bo‘lib, xalq orasida o‘ziga xos hurmat va mavqega ega.
Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi Andijon do‘ppisining kelib chiqish manbaini belgilaydi. Uning sifati va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan himoya qiladi.
Eslatma: Geografik ko‘rsatkich - bu mahsulotning ma’lum hududga xosligi va aynan shu hudud tabiiy, insoniy, tarixiy omillari bilan bog‘liq alohida sifatlarga ega ekanligini bildiruvchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.
Manba